UYURMA HARAKAT

UYURMA HARAKAT — sutoqlik yoki gazning kichik elementlari (zarralari) faqat ilgarilanma harakat qilibgina qolmay biror oniy o’q atrofida aylanishidan iborat harakati. Tabiatda uchraydigan va texnikada ishlatiladigan suyuklik va gaz okimining ko’p qismi Uyurma harakat qiladi. Trubadagi suvning harakati Uyurma harakatga misoldir. Devor sirtiga suyuqlik yopishishi tufayli uning shu nuktadagi tezligi nolga teng, lekin devor sirtidan uzoqlashgan sari suyuqlik tezligi jadal oshib boradi, shuning uchun yondosh qatlamlarning tezligi birbiridan katta farq qiladi; pastki qatlamning sekinlashishi va yuqori qatlamning tezlashishi natijasida zarralar aylana boshlaydi, bu esa, o’z navbatida, Uyurma harakatga olib keladi. Havoning atmosferadagi uyurmalari ko’pincha katta o’lchamlarga ega bo’lib, quyun va tsiklonlar hosil qiladi. Ko’prik ustunlari orqasida hosil bo’ladigan suv uyurmalari, daryo oqimida hosil bo’ladigan uyurmalar va hokazolar bunga misol bo’la oladi. Uyurma harakat miqdori zarra aylanishining burchak tezligi bilan yu ifodalanadi va u zarraning oqimdagi koordinatasiga va vaqtga bog’liq. <p vector berilgan nuktadagi muhit uyurmasi deyiladi; agar oqimning ma’lum qismida S 0 bo’lsa, oqim uyurmasiz bo’ladi. Muhitda aylanayotgan zarralar uyurma naychalar yoki ayrim uyurma qatlamlar hosil qilishi mumkin. Suyuqlikning ichida uyurma naychaning boshi va oxiri bo’lishi mumkin emas, ular tugashgan bo’lishi (uyurma xalqa) yoki suyuqlikning chegarasida bo’lishi mumkin. Qovushoq suyuqliklarda ishqalanish kuchi bo’lishi tufayli hosil bo’lgan uyurmalar o’zining jadalligini o’zgartira borib, asta-sekin so’nadi. Suv va havoda qovushoqlik kam bo’lgani uchun uyurmalar nisbatan uzoq vaqt davom etishi mumkin; quyunlarning katta masofadagi boshqa joylarga ko’chishi bunga misol bo’ladi. Muhitda jism harakati natijasida paydo bo’ladigan uyurmalar shu jismga ta’sir ko’rsatayotgan ko’tarish kuchining malum bir qismini va to’qnashuvchi jismga qarshi yo’nalgan qarshilik kuchi kattaligini belgilaydi. Uyurma harakatni o’rganish samolyot qanotlarini, havo parraklarini, turbina parraklarini hisoblash va loyihalashda katta ahamiyatga ega.