USLUB

USLUB — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bog’liq vazifalariga ko’ra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilma-xil ko’rinishlarining paydo bo’lishiga olib keladi. Nutq Uslubi tilning vazifasi bilan bevosita bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funktsional) Uslub deb yuritiladi. Vazifaviy Uslub deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, o’ziga xos xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan o’zaro farq qilib turadigan yordamchi tizim tushuniladi. Vazifaviy Uslub nutq ko’rinishlarining asosiy vazifalariga, ya’ni aloqa, xabar berish, ta’sir etish vositasi bo’lishiga ko’ra turli qismlarga bo’linadi. Adabiy tilning quyidagi vazifaviy Uslublari mavjud: 1) so’zlashuv Uslub; 2) rasmiy Uslub; 3) ilmiy Uslub; 4) publitsistik Uslub; 5) badiiy Uslub/ Vazifaviy Uslubni nomlash va atash ham ularning qanday aloqa doirasida ishlatilganligiga qarab belgilanadi. So’zlashuv Uslubi — kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o’ziga xos amal qilishidir. Vazifaviy Uslubning bu turi o’ziga xos ish ko’rsatish sharoiti, ya’ni fikr olishuvning bevositaligi, til vositalarini saylab ishlatilmasligi bn, shuningdek, ohang vositalari, mimika, imo-ishora kabilardan keng foydalanish, oddiy leksik va frazeologik birliklarning, ekspressivemosional vositalarning keng ishlatilishi bilan ajralib turadi. Masalan, farzand — jujuq, dunyodan o’tmoq — jon bermoq, imtihondan o’ta olmaslik — imtihondan yiqilmoq kabi juftliklarning ikkinchisi asosan so’zlashuv Uslubiga xos. So’zlashuv Uslubi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik o’ziga xosliklarga ega. Rasmiy Uslub (rasmiy ish qog’ozlari Uslubi) — hozirgi o’zbek adabiy tilining rasmiy yozishmalar va yuridik ishlarda amal qiladigan bir ko’rinishidir. Qonunlar matnlari, Farmonlar, buyruq va ko’rsatmalar, shartnomalar, har xil rasmiy hujjatlar, tashkilotlar o’rtasidagi yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Bu Uslub boshqa u.dan lugaviy va grammatik xususiyatlari jihatidan farqlanadi. Rasmiy Uslubda so’z va so’z shakllarini qo’llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. Xususan, rasmiy ish Uslubida kichraytirish-erkalash qo’shimchalarini olgan so’zlar, ko’tarinki-tantanavor yoki shevaga oid so’zlar, tor doiradagi kishilargina tushunadigan so’zlar, o’xshatish, mubolag’a kabi obrazli tafakkur ifo uchun xizmat qiluvchi shakllar ishlatilmaydi. Rasmiy ish qog’ozlari matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, mazmuniy to’liklikdan iborat zaruriy sifatlari undagi o’ziga xos so’z qo’llash, morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta’min etiladi. Bu Uslubdagi ran qurilishi, odatda, tasniflovchi, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga asoslanadi. Shuning uchun ham rasmiy ish qog’ozlari (hujjatlar) da nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llanadi. Pekin ran tarkibida odatdagi so’z tartibiga qat’iy rioya qilinadi. Rasmiy Uslubda so’roq va undov gaplar deyarli qo’llanmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Matn birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Rasmiy ish qog’ozlari matnini tuzishda turg’unlashgan, qoliplashgan so’z birikmalaridan keng foydalaniladi. Masalan, buyruqda «… so’m maosh bilan … lavozimiga tayinlansin», yoki xizmat yozishmalarida «Sizga …ni ma’lum qilamiz». «…ga korxona kafolat beradi» kabi qoliplashgan tuzilmalar qo’llanishi mumkin. Ilmiy Uslub — fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan vazifaviy Uslubdir. Bu Uslubda tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq ta’riflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy Uslubning bu turi terminologik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalarning qo’llanishi, so’zlarning asosan aniq, to’g’ri ma’noda ishlatilishi, Maxsus iboralarga egaligi va shu kabilar bilan ajralib turadi. Ilmiy Uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy Uslub o’z ichida quyidagi mayda Uslubga bo’linadi: ilmiy ish Uslub, ilmiy-texnik Uslub, ilmiy-ommabop Uslub, ilmiypublisistik Uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy u.ning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Publitsistik Uslub vazifaviy u.ning bir turi bo’lib, u ijtimoiy-siyosiy so’z va iboralarning qo’llanishi, janrlarning xilma-xilligi va buning natijasida til vositalaridan uslubiy foydalanishning rang-barangligi va shu kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Publitsistik Uslub ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarda, vaqtli matbuotda, siyosiy chiqishlarda, Majlislardagi nutqlar va shu kabilarda o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy-siyosiy bilimlarni targ’ib qiluvchi va keng xalq ommasiga etkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang-barangligi bilan kishilar ongiga ko’proq ta’sir etadi. Publitsistik u.ning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik asosiy o’rinni egallaydi, ya’ni qisqa, lo’nda, tushunarli, yorqin, ixcham tilda yozish asosiy talablardan hisoblanadi. Publisistik Uslubda til vositalaridan foydalanishda muallifning individual Uslubi deyarli ajralib yoki sezilib turadi. Ayniqsa, bu holat ocherk, feleton, badiiy publitsistik makrlada tez ko’zga tashlanadi. Badiiy Uslubda ham bu holat mavjud; rasmiy u.da esa bunday xususiyat yo’q. Publisistik Uslub ba’zi qo’llanma va ilmiy adabiyotlarda «ommabop Uslub», «matbuot Uslubi» kabi terminlar bilan ham ataladi. Badiiy Uslub — tilning kommunikativ va estetik vazifalari birligi bilan boshqa Uslubga xos unsurlardan keng foydalanishi, ekspressiv va tasviriy vositalarning ko’p ishlatilishi, so’zlarning obrazli, ko’chma-metaforik qo’llanishi va shu kabi belgilari bilan ajralib turadi. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo’lgan barcha lug’aviy birliklarning ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga — estetik vazifani bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq Uslubining o’ziga xos xususiyati deb qarash kerak bo’ladi. Chunki ana shunday imkoniyat boshqa vazifaviy u.da chegaralangandir. Adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan, dag’al so’zlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lmagani holda ularni badiiy Uslubda o’rni bilan qo’llash mumkin. Vazifaviy Uslubning hech birida til o’zining tuzilish jihatlari, lug’at tarkibi, ya’ni so’zning ma’no boyligi va rang-barangligini, to’g’ri va ko’chma ma’nolarni badiiy nutq Uslubidagichalik namoyish qila olmaydi, grammatik qurilishi, ya’ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok eta olmaydi. Badiiy adabiyotning barcha janrlarida so’z ishlatish va so’z tanlash imkoniyatlariga bir mezon bilan yondashib bo’lmaydi. Har qaysi adabiy janrning tasvir usuli, so’z tanlash yo’sini shu janrdagi asarning umumiy mavzusiga, janr turiga bog’liq bo’ladi. Masalan, bayon shaklida yozilgan roman, hikoyaning til vositalari bilan satirik yoki yumoristik asarning til vositalari bir xil emas. Bulardan tashqari, sinonim so’zlarning u yoki bunisidan foydalanish ham badiiy asar janriga bog’liq. Masalan, Bashar, Samo, Oraz, mujda so’zlari, asosan, nazmda qo’llanadi. Nasrda yoki so’zlashuv nutqida esa bularning sinonimlari — odam, osmon, yuz, shamol, xushxabar so’zlari keng qo’llanadi. Badiiy nutq Uslubida yozilgan asarlarni tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Uslubiy figuralar deb ataluvchi tasvir vositalari — inversiya, takror, o’xshatish, sifatlash, metafora, jonlantirish, antiteza, gradasiya, ellipsis, ritorik so’roqlarning badiiy Uslubda faol qo’llanishi bu u.ning o’ziga xos tarkibi mavjudligini ko’rsatadi. Til vositalarining vazifaviy chegaralanishi ularning nutq jarayonida ham farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Ad.: O’zbek tili stilistikaei, T., 1983; Qo’ng’urov R., Begmatov E., Tojiev Yo., Nutqmadaniyati vauslubiyatasoslari. T., 1992.