ABSOLYUT (MUTLAQ) USTUNLIK

ABSOLYUT (MUTLAQ) USTUNLIK — bir mamlakatning boshqa mamlakatga nisbatan o‘z mahsulotlarini samaraliroq qilib ishlab chiqara oladigan holat. Masalan, jo’g’rofiy joylashishi va ob-havo sharoitiga kora Marokashda mandarinni AQShdagiga nisbatan arzon yetishtirish mumkin. AQShda esa kompyuterlami arzon ishlab chiqarish imkoni bor. Demak, mandarin yetishtirishda Marokash, kompyuter ishlab chiqarishda AQSh mutlaq ustunlikka ega. Shu sababli AQSh mandarinni Marokashdan, Marokash esa kompyuterlami AQShdan sotib olishi mumkin. Natijada ular bu mahsulotlarni o’zlarida ishlab chiqarishga qaraganda ko’proq foyda ko’radilar.