ADRENALIN

ADRENALIN (lotincha ad — yonida va renalis — buyrakka oid), epinefrin, suprarenin va unga yaqin turadigan birikma noradrenalin —voyaga yetgan sut emizuvchi hayvonlar buyrak usti bezi mag’iz qavatining asosiy gormoni pirokatexin hosilasi. Uning 1-shakli fiziologik faol, uglevodlar almashinuviga va qon aylanishi sistemasiga ta’sir qiladi. Tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi, yurak muskullarini qo’zg’atadi va toj tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi. Adrenalin jigar va muskullardagi glikogenning parchalanishini kuchaytirib, qonda glyukozami ko’paytiradi. Shok, kollaps, bronxiol astma va boshqa kasalliklarni davolashda qo’llaniladi.