AUDITNING ASOSIY PRINSIPLARI

AUDITNING ASOSIY PRINSIPLARI — auditorlik tekshirishni amalga oshirish jarayonida auditor amal qilishi lozim bo’lgan talab va tartiblar. Ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: mustaqillik; halollik; xolislik; professional bilimga ega bo’lish; vijdonlilik; maxfiylik; professional axloq; auditorlik faoliyati qoidalari (standartlari)ni bajarish.