AUDITOR FIKRI

AUDITOR FIKRI — auditor o’zining xulosasida keltirishi lozim bo’lgan, to’liq yoki qisman tekshirilayotgan iqtisodiy subyekt buxgalteriya hisobotining ishonchliligi (ishonchli emasligi; ishonchliligi sharhlar bilan) haqidagi belgilangan shaklda ifodalangan auditor (auditorlik tashkiloti) hamda auditorlik xulosasini tayyorlash uchun yig’ilgan dalillarning yetarliligi haqidagi natijaviy xulosasidir. Auditor (auditorlik tashkilotlari) o’z fikrlari to’g’riligi va asosliligi uchun belgilangan tartibda javobgarlikni his etadi.