AUDITOR INSOFLILIGI
AUDITOR INSOFLILIGI — audit tamoyillaridan biri bo’lib, auditor professional xizmatlarini lozim darajada e’tibor bilan, operativ (tezkor) va o’z qobiliyatlarini imkon qadar qo’llash majburiyatlarini o’z ichiga oladi. Insoflilik tamoyili deganda, auditorning o’z ishiga vijdonan va masuliyatli munosabatda bo’lish tushuniladi, lekin bu auditorlik faoliyatini bexatolik deb tushunmaslik lozim.