AUDITORLIK HISOBOTI
AUDITORLIK HISOBOTI — auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoidabuzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek, auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat. Hisobotda aniqlangan chetga chiqishlar va qoidabuzarliklarni bartaraf etish bo’yicha tavsiyalar, shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektning moliya xo’jalik faoliyati samaradorligini oshirish bo’yicha tavsiyalar va takliflar mavjud bo’ladi.