AYOLLAR KONSULTATSIYASI
AYOLLAR KONSULTATSIYASI — ayollar kasalliklarining oldini olish va davolash muassasasi. Unda ayollarga, ayniqsa, homiladorlikda, «chilla» davrida va turli ginekologik kasalliklarda malakali yordam ko’rsatiladi hamda tegishli maslahatlar beriladi. Ayollar konsultatsiyasining asosiy vazifasi homiladorlarni muntazam kuzatib borish, homiladorlikda uchraydigan turli toksikoz kasalliklarining oldini olish va davolash, chala va ulik tug’ishning oldini olish, homiladorlarni tug’ishga psixoprofilaktik yo’l bilan tayyorlash kabilardir. Ayollar konsultatsiyasi ayollar o’rtasida sanitariya maorifi ishlarini ham olib boradi. Ayollar konsultatsiyasida akusherginekolog, terapevt, stomatolog, venerolog, yurist va boshqa mutaxassislar xizmat qiladi.