AUDITORLIK XULOSASINI BERISHDAN BOSH TORTISH

AUDITORLIK XULOSASINI BERISHDAN BOSH TORTISH — auditorlik faoliyatining qoidalari (standartlari) bilan aniqlangan, yozma shaklda ifodalangan fikr. Bunda audit o’tkazish hajmiga ta’sir shunchalik darajada bo’ladiki, ijobiy, shartli ijobiy yoki salbiy auditorlik xulosalarini tayyorlash uchun auditor yetarli ma’lumotlar ola olmaydi hamda auditorning mustaqillik tamoyili buzilganda ham xulosa berishdan bosh tortish hollari yuz berishi mumkin.