AUKSION
AUKSION — tovar yoki mol-mulkning eng yuqori narx taklif qilgan shaxs tomonidan katta omma oldida oshkora sotib olinishi (kimoshdi savdosi). Auksion sotuvchining o’zi tashkil qilgan, majburiy yoki bu munosabatlarda komissioner sifatida chiqadigan maxsus tashkilot orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu alohida xususiyatga ega bo’lgan va alohida joylarda tashkil etiladigan ochiq savdoga asoslangan maxsus bozor. Auksion o’zaro musobaqaga tayangan holda amalga oshadi.