AJIO

AJIO (italyancha aggio), laj — 1) qimmatbaho qog’ozlar, pul belgilari, veksellar birja kursining o’z nominal qiymatidan ortishi. Ajio, odatda, nominalga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Kursning nominal qiymatga nisbatan pasayishi esa dizajio deyiladi; 2) qadri past qog’oz pulni tangalarga yoki qadri baland valyutaga almashtirishda undiriladigan komission haq; 3) obligatsiyalarni o’z nominalidan yuqoriroq kurs bo’yicha qay-tarib olinishi natijasida ularning narxiga qo’shiladigan ustama.