AZENKUR JANGI
AZENKUR JANGI — Kale shahri (Frantsiya)dan taxminan 60 kilometr janubda joylashgan qishloqda bo’lgan jang. Yuz yillik urush davrida 1415 yil 25 oktabrda Azenkur yaqinida ingliz qiroli Genrix V qo’shini (8 ming kamonchi va 1 ming piyoda risarlar) frantsuz armiyasi (4-6 ming askar, asosan piyoda og’ir qurollangan risarlar, shuningdek arbaletchilgr) ustidan g’alaba qozongan. Jang taqdirini harakatchan ingliz kamonchilari qo’shinining ustunligi hal qilgan. Ingliz qo’shinlari Frantsiyaning shimolini, jumladan Parijni egallashgan.