AZKAMAR BENTONIT GIL KONI

AZKAMAR BENTONIT GIL KONI — Navoiy viloyati Qiziltepa temir yo’l stantsiyasidan 12 kilometr Janubiy-Sharqda Azkamar Alp antiklinal burmada joylashgan. 1946 yil ochilgan. 1958-60 yillarda kon razvedka qilingan va ishga tushirilgan. Konning geologik tuzilishida mezokaynozoy yotqiziqlari ishtirok etgan. Bentonit gili sanoatbop turning qilinligi 60-70 metr. Bentonit gilining ishqorli va ishqoriy yer turi ma’lum. Ishkoriy yer turi sanoatbop gillarning asosiy qismini tashkil etadi. Azkamar bentonit gili keramzit ishlab chiqarishda, burg’i quduqlarini parmalashda ishlatiladigan suyuqliklar tayyorlashda, shuningdek asborbent sifatida paxta yog’i, vino, meva sharbatlarini tozalashda foydalaniladi.