AZOBENZOL

AZOBENZOL — sodda aromatik azobirikma; sarg’ish-qizil rangli kristall. Suvda erimaydi. Suyuklanish temperaturasi 68°, qaynash temperaturasi 297°. Efirda, muzlagan sirka kislota va kontsentrlangan sulfat kislotada eriydi. Azobenzol tolalarga ilashmaydi, o’zi bo’yovchi modda emas. Agar Azobenzol molekulasiga amin yoki oksiguruhlar kiritilsa, oddiy azobo’yoqlar hosil bo’ladi. Azobenzol nitrobenzol yoki azoksibenzolni ishqoriy muhitda rux kukuni ishtirokida qaytarib olinadi. Azobenzol ishqoriy muhitda rux bilan qaytarilsa, gidrozobenzolga, sirka kislotali muhitda qaytarilsa, anilinga, xlorid kislota va qalay ta’sirida qaytarilsa, benzidinga aylanadi. Azobenzolni 1834 yilda nemis kimyogari E. Micherlix topgan.