AZOIMID

AZOIMID, HN3 — azotning vodorod bilan hosil qilgan kislotasi, tuzilishi. Suvsiz Azoimid o’tkir hidli, zaharli, rangsiz suyuqlik, qaynash temperaturasi — 37°, suyuqlanish temperaturasi — 80°, portlovchi modda, qizdirilganda, ishqalanganda yoki sal zarbalanganda darhol detanasiyalanadi. Suvli eritmalarda Azoimid NQ va N3 ionlariga dissosiasiyalanadi, kislotalik kuchi sirka kislotasiga yaqin. Oksidlovchi xossaga ega. Azoimidning kuchli xlorid kislota bilan aralashmasi oltin va platinani eritadi.