BOZORGA OID BO’LMAGAN ISHLAB CHIQARISH
BOZORGA OID BO’LMAGAN ISHLAB CHIQARISH — bozorga oid bo’lmagan ishlab chiqarish quyidagilardan iborat bo’ladi: ayni shu davrda ishlab chiqilgan, ishxona yoki korxona sohiblarining pirovard iste’molga yoki asosiy kapitalning yalpi jam’garishga mo’ljallab qoldiriladigan tovarlar va xizmatlar; uy xo’jaligi doirasida haq to’lanadigan uy xizmatchisi ko’rsatadigan xizmat; uy xo‘jaliklari va bozorga oid bolmagan ishlab chiqaruvchilar tomonidan o‘z binolarida foydalaniladigan xizmat; ayni paytda ishlab chiqiladigan va pulsiz yoki talabga uncha sezilarli ta sir ko’rsatmaydigan baholarda boshqa institutsion birliklarga yetkazib beriladigan tovar va xizmatlar hamda jamiyatga ko’rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar; ayni shu davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish; bular bozordan tashqari maqsadlarda ishlatiladigan va ishlab chiqaruvchining moddiy oborot vositalari zaxirasini to’ldiradi.