BROKER

BROKER (ingl. broker) — mahsulot, qimmatbaho qog’ozlar, valyuta sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi rasmiy dallol. O’zi yoki mijozlar nomidan kelishuvlar, shartnomalar tuzish huquqiga ega shaxs. Broker komission (vositachilik) haqi oladi. Brokerlik vazifasini firma va tashkilotlaming shaxslari bajaradi. Broker aynan birjada o’z ishini amalga oshiradi. Broker sotuvchi va xaridorlami “birlashtiradi”, lekin o’z hisobidan ish yuritmaydi. Katta birja brokeri — birja xizmatchisi bo’lib, istalgan tovar seksiyasida savdo o’tkazish va birja brokerlari o’z vazifalarini to’g’ri bajarayotganligini nazorat qilish huquqiga ega. Buyuk Britaniyaning davlat obligatsiyalari bozorida fond birjasining hukumat brokeri lavozimi bo’lib, u hukumat agenti vazifalarini bajarish uchun tayinlandi. Bunday birjada ish yurituvchi broker stok broker deb ataladi. Brokerlar mijozlarga bozorni o’rganish bo’yicha, reklama, kreditlar olish va hokazolar xususida qo’shimcha xizmatlar ham ko’rsatadi.