BUDJET

BUDJET ( ingl. budget-sumka) — davlat, korxona, muassasa va shu kabilarning ma’lum muddat uchun oldindan belgilab qo‘yiladigan kirimchiqim, daromad-buromad smetasi. Budjet markaziy va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyatini ta’minlash uchun pul mablag‘lari yig‘indisini shakllantirish va ishlatishning shakli. Budjet muayyan davr mobaynida alohida tashkilot yoxud davlat tomonidan qilinishi mumkin bo’lgan sarf-xarajatlarni chamalash asosida hisoblab chiqilishi; daromad va xarajatlarni taqsimlash, tizimlashtirish; turli xil ishlarga mo’ljallangan sarf-xarajat va resurslarning (vaqt budjeti) taqsimlanishi.