BUDJETNOMA

BUDJETNOMA — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining boshqa vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o’z ichiga oluvchi loyihaviy hujjat: l) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi yakunlarining prognoz (bashoratli) bahosi; 2) o’tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi; 3) kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos bo’lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar; 4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari loyihasi; 5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga sharhlar; 6) davlatning tashqi va ichki qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati to’g’risidagi ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat budjeti loyihasi. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuqoridagilarni o’z ichiga oluvchi budjetnoma loyihasini har yilning birinchi oktabriga qadar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi lozim. Shuningdek, budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.