BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARI

BUXGALTERIYA HISOBI HUJJATLARI — xo’jalik yurituvchi subyekt tomonidan buxgalteriya hisobini o’tkazish jarayonida ma’lum talablariga rioya qilingan holda tuziladigan ma’lumotlarning moddiy ko’rinishidagi yig’indisi bo’lib, o’z tarkibiga quyidagilarni oladi: a) dastlabki hisob hujjatlari; b) erkin hisob hujjatlari; v) buxgalteriya hisobi registri (ro’yxati); g) ichki buxgalteriya oboroti ma’lumotlari.