DAROMAD SOLIG’INING SHEDULYAR SHAKLI
DAROMAD SOLIG’INING SHEDULYAR SHAKLI — Buyuk Britaniya soliq tizimida qabul qilingan. Daromadning manbayini inobatga olgan holda uning qismlarga (shedulyarga) bo’linishini taqozo etadi. Har bir shedul o’ziga manbayi oldida “tutish”ni maqsad qilib qo’yadi. Mamlakatda bu sohada olti shedul amal qilib, ularning ayrimlari yana ichki taqsimlanishga ham egadir. Masalan, “A” shedul o’z tarkibiga mulkdan olinadigan daromadlar (yerga mulkchilikdan, bino va inshootlarga egalikdan, uy yoki xonani ijaraga berishdan olinadigan daromadlar) ni, “V ” shedul tijoriymaqsadlar uchun foydalaniladigan o’rmon massivlaridan olinadigan daromadlarni, “S” shedul davlat qimmatbaho qog’ozlaridan olinadigan daromadlarni, “D” shedul tijoriy ishlab chiqarish faoliyatidan olinadigan daromadlarni (bu shedulning tarkibiga daromadlarning juda ko’p turlari kirganligi uchun uning o’zi yana olti qismga bo’lingan), “E” shedul ish haqi, pensiya, nafaqa va boshqa mehnat daromadlari va nihoyat, “F” shedul Buyuk Britaniya kompaniyalari tomonidan to’lanadigan dividendlar va boshqa to’lovlarni o’z ichiga oladi.