DEVALVATSIYA

DEVALVATSIYA (lot. de — old qo’shimcha, bu o’rinda pasaymoq ma’nosida va lot. valeo — qiymat) — mamlakat savdo to’lov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi, xalqaro valyuta bozorida milliy valyuta kursining pasayishi bilan bog’liq holda milliy pul birligi qiymatining rasmiy ravishda pasaytirilishi. Valyutalarning rasmiy qiymati ularning oltin ta’minotini taqqoslash bilan belgilangan davr ( 1978-yil)gacha devalvatsiya — pul birligining tarkibidagi oltin hissasini kamaytirish yo’li bilan amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda esa u barcha erkin almashinadigan valyutalar (odatda, AQSh dollari, Germaniya markasi, Angliya funt sterling va boshqalar)ga nisbatan pasaytirish yo’li bilan amalga oshiriladi.