DIVERSIFIKATSIYA

DIVERSIFIKATSIYA (lot. diversus — har xil va facere — qilmoq, bajarmoq) — ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar assortimentlarini ko’paytirish.