DEPRESSIYA
DEPRESSIYA — iqtisodiy rivojlanishning davriy yuksalish va tushkunlik jarayoni bo’ lmish iqtisodiy siklningbir bosqichidir. Iqtisodiy sikl: tushkunlik, depressiya (turg’unlik), jonlanish va yuksalish bosqichlaridan iboratdir. Turg’unlik- tanazzuldan keyingibosqichdir. Bubosqichda ishlab chiqarishning inqirozi to’xtaydi, ishlab chiqarish bilan iste’molning talab bilan taklifi o’rtasida muvozanat vujudga keladi. Bu davr uchun ishlab chiqarish ko’lami va darajasining pasayishi xos. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hajmi naqd pul massasidan oshib ketadi, aholining turmush darajasi pasayib, ijtimoiy tanglik kuchayadi, boshqaruv mexanizmlari izdan chiqadi.