DEMANO-POLIZATSIYA

DEMANO-POLIZATSIYA (lot. de — ajratish, bekor qilish — old qo’shimchasi, yunon, monotanho va poleo — sotaman) — sog’lom iqtisodiy bellashuvga yo’l berish maqsadida yakkahokim korxonalar va birlashmalar o’rniga o’zaro raqobatlashuvchi ko’plab korxonalarni tuzish. Demano-polizatsiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: 1) yirik monopol mavqedagi birlashmalar, kompaniyalar tarqatilib, ulardan mustaqil korxonalar ajralib chiqadi; 2) yakkahokim korxona, birlashma yoki kompaniyalar saqlangan holda ular bilan raqobat qila oladigan korxona yoki birlashmalar tashkil etiladi.