DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI
DAVLAT BUDJETI XARAJATLARI — davlat pul mablag’lari fondini taqsimlash bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: l) budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy budjet transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari uchun yerga bo’lgan huquq va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan budjet ssudalari; 6) davlat maqsadli fondlariga beriladigan budjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar.