DAVLAT MULKI

DAVLAT MULKI — asosiy mulkchilik shakllaridan biri. Davlat mulki ikki yo’l bilan paydo bo’ladi: a) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo’liga olish; b) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kuchayishi bilan davlat Mulki rivoj topadi, lekin uning monopoliyasi o’rnatilgach, raqobatga xalaqit beradi. Natijada davlat mulkini reprivatizatsiyalash yuzaga kelib, boshqa mulk shakllari kuchayadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan davlat mulki, asosan, jamoa mulkiga, fuqarolar mulkiga va xususiy mulkka aylantiriladi.