AYIQMURUT
AYIQMURUT, xirsmurut (Purus regelii) — ra’nodoshlar oilasiga mansub past bo’yli daraxt. O’rta Osiyo (G’arbiy Tyanshan, Pomir-Oloy) da tarqalgan. Toshkent, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida o’sadi. Ayiqmurut noqulay, suvsiz, Toshloq sharoitda, quruq tog’yon bag’irlarida va hatto qoyalarning yoriqlarida ham uchraydi. Aprelda gullab, avgustning oxiri va sentabr boshlarida pishadi. Mevasi dumaloq, qattiq, diametri 2-3 santimetr. Ayiqmurutning mevasi uzilib, 10-12 kun o’tgach, yumshab shira tortganidan so’ng iste’mol qilinadi. Mevasining qaynatmasidan tomoq og’rig’ini davolash va yuqumli kasalliklarning oldini olishda foydalaniladi. Ayiqmurutdan payvandtag sifatida, yangi nok navlari yetishtirishda, quruqtuproqli Janub tog’ yon bag’irlarini o’zlashtirishda va manzarali o’simlik sifatida foydalanish mumkin.