CHEK
CHEK — belgilangan ko’rinishdagi pul hujjati, l) bankdagi o’z hisobidan muayyan pul miqdorini chekda ko’rsatilgan shaxsga berish yoki uning hisobiga pul o’tkazish bo’yicha yozma topshiriq. Chek ikki ko’rinishda bo’ladi: a) oluvchining nomi yozilgan chek; b) ko’rsatuvchiga berilgan chek. Chekning harakat muddati 10 kundan oshmasligi kerak. Rivojlangan bank tizimida chek muomalada kredit vositasi siyosatida ishlatiladi. Chek to’lovlari rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, AQSHda, Angliyada ichki to’lov sifatida keng yoyilgandir.