FOYDA VA ARALASH DAROMAD

FOYDA VA ARALASH DAROMAD — yalpi qo’shilgan qiymatning bir qismi bo’lib, u ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida ish haqi, ishlab chiqarish va import solig’ini to’Iagandan so’ng qoladi. Bu modda mulkdan olgan daromadni hisobga olmagan holda ishlab chiqarishdan olingan foyda yoki zarar summasini ifodalaydi. Bu uy xo’ jaliklariga qarashli nokorporativ korxonalarda bu mulk egasi va tadbirkor daromadidan ajratib bo’lmaydigan mehnat uchun to’lovlar elementini ham o’z ichiga oladi. Shuning uchun u aralash daromad ham deyiladi.