AYNIGAN GAZ
AYNIGAN GAZ — zarralarning o’zaro kvant-mexanik ta’siri tufayli xossalari ideal gaz xossalaridan farq qiladigan gaz. Kvant mexanikada bir xil energiyali zarralarning har xil kvant holatda bo’lishiga aynigan holat deyiladi. Shuning uchun kvant mexanika nuqtai nazaridan qaralgan gaz zarralari xossalari ideal gaz zarralarining xususiyatlaridan keskin farq qiladi. Kvant statistikada tizimning bu xossalari hisobga olinadi, bu esa ideal gazning turli holatlari o’zaro bog’liq bo’lishini bildiradi, natijada zarralarning mumkin bo’lgan holatlari bo’yicha taqsimlanishi ham har xil kvant statistikaga bo’ysunadi. Masalan, butun son spinli zarralar (geliy atomi, fotonlar) Boze— Eynshteyn statistikasita, yarim son spinli zarralar (elektronlar, protonlar va hokazolar) Fermi statistikasita bo’ysunadi. Aynigan gazning termodinamik xarakteristikalari ham ideal gaznikidan boshqacha bo’ladi. Ammo bu tafovutlar aynish temperaturasi to dan yetarlicha past temperatuada namoyon bo’ladi. Masalan, geliy uchun aynish temperaturasi T0 4°K. Aynish hodisasi metallardagi elektron gazni o’rganishda juda muhim.