FUQAROLAR IQTISODIY ERKINLIGI
FUQAROLAR IQTISODIY ERKINLIGI — fuqarolarning o’z ixtiyoriga ko’ra iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish erkinligi. Fuqarolar iqtisodiy erkinligining asosi ularning mulk egasi bo’lishidir. Mulksiz fuqaro erkin emas, u qaram, mustaqil faoliyat yurita olmaydi. Iqtisodiy erkinlik fuqarolar ish kuchi va ishlab chiqarish vositalarining egasi bo’lishi hamda o’z mehnati mahsulini o’zi o’zlashtirishini taqozo etadi. Bunday sharoitda esa fuqarolar o’z qobiliyatiga yarasha mehnat faoliyatini tanlashda, daromadlarini ishlatishda, xohlagan tovami iste’mol qilishda mustaqil bo’ladilar. Fuqaro o‘ziqtisodiy erkinligini ta’minlashi uchun nafaqat mulkiy munosabatda, balki bozor munosabatida o‘z o’rnini topishi kerak.