AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH

AYNIGAN YARIMO’TKAZGICH — tok o’tkazishda qatnashuvchi elektronlar yoki «teshiklar» kontsentrasiyasi yetarli darajada yuqori (1018-1020 santimetr kub) bo’lgan yarimo’tkazgich. Bunda elektronlar yoki «teshiklar» gazi aynish holatida bo’ladi (nomi shundan). Fermi sathi yo’l qo’yilgan energiyalar zonasida yotadi va elektron («teshik») gaz Fermi statistikasita bo’ysunadi. Aynigan yarimo’tkazgichlardan, masalan, diodlar va boshqa bir qancha yarimo’tkazgich asboblar ishlab chiqarishda foydalaniladi.