IJARACHI

IJARACHI — biror narsani ijaraga olgan korxona, tashkilot va muassasa yoki jismoniy shaxs. Ijarachi shartnomada kelishilgan daqiqadan vaqtincha foydalanish huquqi (belgilangan muddatga)ni oladigan shaxs bo’lib, u buning uchun ijara beruvchiga ijara haqi to’laydi. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi bilan kelishilgan holda olgan mulkini undan sotib olishi mumkin. Sotib olish tartibi va shartlari ijara shartnomasida belgilab qo’yiladi. Ijarachi yuridik shaxslar va mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH), qo’shma korxonalar, xalqaro birlashma va tashkilotlar, shuningdek, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilodar, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ham bo’lishi mumkin.