INVESTOR

INVESTOR — 1. Qimmatbaho qog’ozlar, masalan, aksiyalarni sotib olish orqali ma’lum sohani moliyalashtirishga o’z ulushini qo’yuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs. 2. Investitsion faoliyat subyekti bo’lib, u o’zining ma’lum mablag’larini investitsiyalar shaklida ulardan maqsadli foydalanishi uchun joylashtiradi. Investor qaror qabul qiluvchi va o’zining shaxsiy, qarzga olingan mablag’lari va boshqa jalb qilingan mulkiy va madaniy boyliklarini investitsion loyihaga kirituvchi jismoniy va yuridik shaxsdir. U omonatchi va qarz beruvchi rolida chiqishi mumkin bo’lib, amalga oshiruvchi investitsiyalarning yo’nalishi va samarasini erkin holda aniqlaydi. Investor qarori bilan investitsiyalarga egalik qilish, ishlatish, foydalanish huquqi jismoniy va yuridik shaxslarga qonunda ko’rsatilgan tartibda berilishi mumkin. Odatda, investorlar kapital qo’yilmalar sarflanadigan sohalarni aniqlaydi, kontrakt va shartnomalar shartlarini ishlab chiqadi va investitsiya aktining boshqa tomonlari bilan — kontraktor, hukumat organlari, pirovard mahsulot ishlab chiqaruvchilar va shu mahsulot iste’molchilari bilan hisob-kitoblami amalga oshiradi.