AYNLAR

AYNLAR — Xokkaydo oroli (Yaponiya)da yashaydigan xalq; umumiy soni 20 mingga yaqin (1992). Ayn tilida so’zlashadi. Baliqchilik va dehqonchilik bilan shug’ullanadi. Dindorlari budda diniga e’tiqod qiladi.