IKKILAMCHI IJARA
IKKILAMCHI IJARA — (ikkilamchi lizing) ijarachi (lizingga oluvchi) ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi)ning roziligi bilan, ijaraga beruvchi (lizingga beruvchi)ning oldida ijara (lizing) shartnomasi yuzasidan javobgarlikni saqlagan holda ijaraga olingan mulkni (lizing obyektini) boshqa shaxsga ikkilamchi ijara (ikkilamchi lizing)ga topshiradigan shartnoma munosabati.