IMPORT
IMPORT (lot. importo — kiritaman) — l) mamlakat ichiga foydalanish yoki sotish uchun chetdan olib kelingan xorijiy mahsulotlar; 2) kapital import xorijdan mamlakatga kelayotgan kapital (kredit, zayom va boshqa); 3) chetdan olib kelingan mahsulotlarning umumiy soni va qiymati. U vaqtni tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga ko’maklashadi.