IMPORT KVOTASI

IMPORT KVOTASI — boshqa mamlakatlardan tovarlarni olib kirishga miqdoriy limit. Davlatning proteksionistik siyosatini amalga oshirish vositalaridan biri. Masalan, hozirda AQSH yapon avtomobillarini mamlakatga olib kirishni miqdoriy cheklab qo’ygan. O’sha belgilangan miqdordan (kvota) ortiq yapon avtomobillari AQSHda sotilmaydi.