INVENTAR RAQAMI

INVENTAR RAQAMI — inventar obyektga biriktirilgan raqam. Inventar raqami asosiy vositalar (fondlar) hisobini to’g’ri tashkil etish va obyektlarning saqlanishini ta’minlash uchun zarur hisoblanadi. Bir turdagi buyumlarning guruhi uchun shu obyektlarning haqiqiy holati, eng ko’p qiymatini hisobga olgan holda, raqamlar seriyasi ajratiladi. Buxgalteriya hujjatlarida asosiy vositalar hisobida ushbu inventar raqamlar ko’rsatiladi.