ISHLAB CHIQARISH CHEGARASI

ISHLAB CHIQARISH CHEGARASI — tizim tarkibiga qo‘shiladigan ishlab chiqarish faoliyati quyidagicha ta’riflanishi mumkin: individual (yakka) yoki jamoa tarzida mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish. Bu mahsulot va xizmatlar ularni ishlab chiqarishda ishtirok etmagan boshqa birliklarga yetkazib beriladi. Yoki ana shu tovar va xizmatlar ana shunday tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida ishlatiladi; Ishlab chiqaruvchilar o’zining pirovard iste’moliga qoldirilgan yoki ishlab chiqarish moddiy oborot zaxirasini oshirishda foydalanish uchun ishlab chiqariladigan barcha tovarlar; o’z ehtiyoji yo’lida pirovard iste’mol talabini qondirish uchun ko’rsatiladigan xizmat. Buning tarkibiga uyda ko’rsatiladigan yoki shaxsiy xizmat kiritilmaydi, chunki uy xo’jaligi sharoitida bunday xizmatlar o’z iste’moli uchun yaratiladi. Ammo xizmat ishlab chiqarish tarkibiga muayyan haq evaziga uy xizmatchisi bajargan ishlar hamda o’z istiqomat joyiga, ya’ni o’z turar joyiga qilingan xizmat hajmi qo’shiladi.