ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY VOSITALARI
ISHLAB CHIQARISHNING ASOSIY VOSITALARI — moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlatilib, ishlab chiqarish jarayonida qayta-qayta qatnashib, asta-sekin eskirib, o’z qiymatini yaratilgan mahsulot tannarxiga qisman o’tkazib boradi. Ularga moddiy ishlab chiqarish sohasida ishlatiladigan imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalar, transport vositalari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventarlari, yirik ish va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik ко‘chat qilingan daraxtlar va boshqa mehnat vositalari kiradi.