ISHLAB CHIQARISH SOLIQLARI

ISHLAB CHIQARISH SOLIQLARI — ishlab chiqaruvchi o’zi ishlab chiqargan va o’zi sotadigan, boshqalarga beradigan yoki boshqacha tarzda o’zi foydalanadigan mahsulot, tovar va xizmatlarga solinadigan soliqlar. Bular, asosan, mulk yoki binolardan, boshqa turdagi aktivlardan yoki yerdan foydalanganlik solig’i, agar ishlab chiqarishda yoki ishchi kuchi yollashda yollanma ishchi kuchiga ish haqi to’lashda foydalanilgan bo‘lsa, bunday sarf-xarajat ham ishlab chiqarish solig’i tarkibiga kiritiladi.