JORIY OPERATSIYALAR HISOB-RAQAMI
JORIY OPERATSIYALAR HISOB-RAQAMI — mamlakat to’lov balansi bo’limi. Unda mamlakatning tovar va xizmatlar importi va eksporti hajmi, investitsiyalardan olingan sof daromadi va transfert to’lovlarining sof hajmi ko’rsatiladi.