JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ
JISMONIY SHAXSLARNING DAROMADIGA SOLINADIGAN SOLIQ — umumdavlat soliqlari tarkibiga kirib, budjet daromadlarining muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’Igan jismoniy shaxslar bu soliqning to’lovchilaridir. Soliq progressiv xarakterga ega. U quyidagi shakllarda to’lanishi mumkin: daromad manbayidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish beruvchilardan; agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy tarzda belgilangan daromadning yillik summasidan oshsa, daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya ko’rinishida; tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish shaklida. Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad soliqqa tortish obyektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadiga soliq to’lovchi olishi lozim bo’lgan (olgan) yoki tekinga olgan pul yoki boshqa mablag’lar, shu jumladan, mehnatga haq to’lash shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi va jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromad kiradi.