AKANT
AKANT (Fransuzcha acanthe) —ayiqtovon o’simligining bargisimon qilib ishlangan me’moriy naqsh bezagi. Inshoot (devor, Friz, Shift, ustun boshasi va boshqalar) ni bezashda qadimdan qo’llanilgan. Akant tosh, yog’och, ganch va sopoldan ishlangan. Misr, Yunoniston, Rim Akant naqshlari pastga qaragan, O’rta Osiyo Akant naqshlari, aksincha, tik holatda tasvirlangan. Munchoktepa, Ayritom va boshqadan topilgan Akantlar antik me’morlikda o’ziga xos kurinishda bo’lgan.