JAMI TALAB
JAMI TALAB — mumkin bo’lgan har qanday baholar darajasida iste’molchilar, tadbirkorlar va davlat tomonidan sotib olinishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmi. Jami talabga baho darajasi teskari proporsional ta’sir ko’rsatadi, ya’ni baho o’sgan sari talab kamayadi va aksincha, shuningdek, jami talabga aholi daromadlari, investitsion sarflardagi o’zgarishlar kabi omillar tasir qiladi.