KREDIT TIZIMI

KREDIT TIZIMI — pul resurslarini tarkib toptiruvchi, o’zida jamlovchi va ma’lum muddatda qaytarib berish va haq to’lash shartlari asosida ularni qarzga beruvchi kredit muassasalari majmuasi. Unga: a) bank tizimi (markaziy bank, tijorat va ixtisoslashgan banklar); b) maxsus kredit muassasalari, ya’ni sug’urta kompaniyalari, nafaqa fondlari, investitsion kompaniyalar, moliya kompaniyalari va shu kabilar kiradi.