KORXONANING HISOB SIYOSATI

KORXONANING HISOB SIYOSATI — xo’jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan qo’llaniladigan buhgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tuzish bo’yicha qoida va usullar yig’indisi. O’zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning tashkiliy-uslubiy asosini 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to’g’risida’gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida’ gi nizom, o’z tarkibiga 21-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”ni ham qo’shgan holda, buxgalteriya hisobiningmilliy standartlari vaboshqa normativ hujjatlar tashkil etadi. Hisobot yili uchun ishlab chiqilgan hisob siyosati korxona rahbari tomonidan tasdiqlangandan so’ng yuridik hujjat maqomiga ega bo’ladi.